Bolalar o‘tkir diareya kasalliklari bo‘limi

Bo‘limda o‘tkir diareya, salmonellyoz va ichburug‘ tashxisli 6 oylikdan katta bolalarga statsionar sharoitda malakali tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Bo‘lim mudiri viloyatlar yuqumli kasalliklar shifoxonalariga ilmiy amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida xizmat safarlarida bo‘ldi. Bo‘lim mudiri va shifokorlari videokonferens aloqa orqali viloyatlar yuqumli kasalliklar shifokorlari bilan yuqumli kasalliklar, muammolari, zamonaviy diagnostika va davolash usullari, profilaktikasi yuzasidan ilmiy amaliy seminar va malaka oshirish kurslarida qatnashishadi.
Bo‘lim 30 o‘rinli bo‘lib shundan 1 ta o‘rin servis palata.

Bo'lim mudiri: Xudoyarova Oynisa Bakirovna