
Surunkali buyrak yetishmovchiligi terminal bosqichdagi hamda yuqumli kasallik bilan (surunkali vurusli gepatit B, C, D, OIV infeksiyasi) kasallangan bemorlarga rejali gemodializ seansi o‘tkaziladi.
O‘tkir yuqumli kasalliklardan keyin rivojlanadigan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan asoratlangan bemorlarga ham gemodializ xizmati ko‘rsatiladi.
Bo‘lim 12 ta gemodializ apparati o‘rniga mo‘ljallangan.
Davolanayotgan bemorlarga klinik va bioximik laborator tekshiruvlar va ko‘rsatmaga binoan instrumental tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Bo'lim mudiri Abdullaev Anvar Nasrillaqulovich.