Организационно-методический отдел

Bo‘lim mudiri: Ganiyeva Saida Kozimovna, 2-toifa shifokori
Bo‘lim xodimlari:
Razzakova Shirin Olimovna- vrach-infeksionist, vrach-statist
Faxriddinova Dilafruz Maqsud qizi- vrach-infeksionist, vrach-metodist
Xoshimova Barno Maxmudovna- tibbiy registrator
Inagamova Dinara Tursunbayevna- arxiv xamshirasi
Kabirova Mafrat Bakir qizi- xamshira-statist
Tashkiliy-uslubiy bo‘limi faoliyati:
Markazning filiallari bilan muntazam aloqada bo‘lib, filiallar bo‘yicha ma’lumot to‘plash, ulardagi muammolarni o‘rganish, oylik, kvartal va yillik xisobotlarni qabul qilish va ularni taxlil qilish, filiallarga tasdiqlangan jadval asosida amaliy-metodik yordam berish maqsadida Markaz mutaxassislarini xizmat safariga yuborishni tashkillashtirish, filial bosh infeksionistlari va bosh vrachlari bilan VKS o‘tkazishni tashkillashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Prezident portali orqali kelgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularga javob berish ishlarini olib boradi.
Perzident qarorlari va farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmonlari, Sog‘liqni saqlash Vazirligi va Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati buyruqlari va ko‘rsatma xatlarini Markaz xodimlari e’tiboriga yetkazadi.
Markazda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkillashtirishda qatnashadi.
Klinikada davolangan bemorlarning statistik xisobotlarini olib boradi, tegishli muassasalarga o‘rnatilgan tartibda va muddatda muntazam topshirib turadi.
Klinika xodimlarini xizmat safarlari bo‘yicha ma’lumotlar to‘playdi va xisobotlarni SSVga topshirish ishlarini amalga ishiradi.
Klinika xodimlarini malakasini oshirish, toifalarini o‘z vaqtida olishini nazorat qilish, mutaxassislik egallash bo‘yicha o‘qishlarga yuborish ishlarini olib boradi.
Klinikada davolangan bemorlarga kasallik varaqalari va ma’lumotnomalar beriladi.
Bemorlarning tibbiy bayonnomalari olib borilishi o‘rganiladi, unda tashxislarni to‘g‘ri qo‘yish, kundaliklar to‘liqligi, laborator-instrumental tekshiruvlar to‘liq o‘tkazilganligi, poliprogmaziya xolatlari mavjudligi tekshiriladi.