Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda 452 kishida koronavirus aniqlangani va O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha kunlik antirekord yana yangilangani haqida xabar berdi.
«2021 yil 5 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 93176 (+452) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.
Bu kunlik kasallanish bo‘yicha 2021 yilning eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bundan avvalgi antirekord 30 aprel kuni qayd etilgan, o‘shanda 442 kishida COVID-19dan zararlanish tashxisi qo‘yilgandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
5 nafari Andijon viloyatida,
8 nafari Buxoro viloyatida,
5 nafari Jizzax viloyatida,
5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
2 nafari Navoiy viloyatida,
5 nafari Namangan viloyatida,
85 nafari Samarqand viloyatida,
7 nafari Sirdaryo viloyatida,
3 nafari Surxondaryo viloyatida,
10 nafari Farg‘ona viloyatida,
9 nafari Xorazm viloyatida,
71 nafari Toshkent viloyatida,
229 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar,
Buxoro viloyatida 2 nafar,
Jizzax viloyatida 11 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 2 nafar,
Navoiy viloyatida 2 nafar,
Namangan viloyatida 5 nafar,
Samarqand viloyatida 184 nafar,
Surxondaryo viloyatida 9 nafar,
Farg‘ona viloyatida 6 nafar,
Xorazm viloyatida 3 nafar,
Toshkent viloyatida 68 nafar,
Toshkent shahrida 144 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 88975 (+440) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 657 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3544 nafar bemor davolanmoqda.