post image

Germaniya bioxavfsizlik dasturi doirasida RIEMYPKIATM va Bundesver mikrobiologiya instituti o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik

2023-yilda RIEMYPKIATM va Bundesver mikrobiologiya instituti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlikning asosiy maqsadi zamonaviy diagnostika usullarini joriy etish va yuqori malakali xalqaro mutaxassislarni tayyorlash orqali milliy manfaatdor tomonlar o‘rtasida bioxavfsizlik, biohimoya, favqulodda vaziyatlarga javob berish va hodisalarni boshqarish hamda mintaqa uchun endemik bo‘lgan yuqumli va parazitar kasalliklar xavfini kamaytirish bo‘yicha xabardorlikni oshirish va hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar va ta’limning boshqa darajalarida milliy o‘quv dasturlari va o‘qitish usullarini takomillashtirish, o‘quv vositalari va elektron ta’lim vositalaridan foydalangan holda "o‘qituvchilarni tayyorlash" jarayoniga qaratilgan tadbirlar.

2023-yil boshidan RIEMYPKIATM bazasida yuqumli kasalliklar diagnostikasi va profilaktikasi sohasida faoliyat yurituvchi O‘zbekistonlik mutaxassislar ishtirokida molekulyar-genetik tadqiqotlar bo‘yicha to‘rtta trening o‘tkazildi. 2023-yil noyabr oyida O‘zbekistonlik mutaxassislar jamoasi Germaniyaning Myunxen shahrida bo‘lib o‘tgan "Medical Biodefense Conference 2023" konferensiyasida ishtirok etdi.

Bundesver Mikrobiologiya instituti bilan hamkorlikning davomi sifatida 2024-yil 17-aprel kuni Markaz hududida hamkorlikni mustahkamlash, hamkor davlatlar tajribasi bilan o‘rtoqlashish, shuningdek, O‘zbekistonlik mutaxassislarning mobil laboratoriyada ishlash imkoniyatlarini namoyish etishga bag‘ishlangan Simpozium o‘tkazildi. Bundan tashqari, 2024-yilda Markaz hududida Bundesver mikrobiologiya instituti tomonidan tashkil etilgan to‘rtta trening o‘tkazildi.

2025-yilning 7-11-aprel kunlari Germaniyaning Myunxen shahrida bo‘lib o‘tadigan "Medical Biodefense Conference 2025" konferensiyasida O‘zbekistonlik mutaxassislar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ishtirok davomida yuqumli kasalliklarning zamonaviy diagnostikasi va terapiyasi sohasida hamkorlikni mustahkamlash, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha xorijiy hamkasblar tajribasini o‘rganish ko‘zda tutilgan.