O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 29.12.2023 yildagi 81-sonli buyrug‘iga asoslanib, AMR laboratoriyasida tasdiqlangan Xududlarda tadbiq etish bo‘yicha ishlar rejasiga muvofiq, O‘R antimikrob vositalarning noto‘g‘ri qo‘llanilishiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish, sifat va xavfsizlikning xalqaro tamoyillariga muvofiq faoliyat yurituvchi yaxshi ishlaydigan, barqaror laboratoriya xizmatlari kuchli sog‘liqni saqlash tizimlari uchun zarur va aholi salomatligini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Siyosatni ishlab chiqish va rejalashtirish, o'qitish va maslahat berish hamda muhim laboratoriya yordam xizmatlarini tanlab yangilash orqali tashabbus laboratoriya xizmatlarini kuchaytirishga qaratilgan. Diskli diffuziya usulidan foydalangan holda mikroorganizmlarning mikroblarga qarshi preparatlarga sezgirligini aniqlashda ishonchli natijalarga erishish uchun bakteriologik laboratoriyalarda sifat nazorati tizimini joriy etish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya ta’minoti va aholi salomatligini muhofaza qilish organlari tarkibidagi bakteriologik laboratoriyalar xodimlarining malakasini oshirish hamda bu sohada moddiy-texnik baza va kadrlarni potensialini mustaxkamlash maqsadida, 2025 yil 21-25 aprel kunlari Markaz xodimlari G.K. Abduxalilova va N.X. Otamuratova tomonidan Qoraqolpoqiston Respublikasining Xo`jayli tumanida, bakteriologik laboratoriya xodimlari uchun “Mikroorganizmlarni mikroblarga preparatlarga sezgirligini disk-diffuziya usuli bilan aniqlashning minimal standartlariga” trening tashkil etildi.