post image

Mobil laboratoriyada yuqumli kasalliklarni PZR tashxislash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun Yevropa Ittifoqi loyihasi (2021-2022 yy.)

53-loyiha - Yevropa Ittifoqining kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy xavfsizlik bo‘yicha ilg‘or tajriba markazlarini tashkil etish tashabbusi (EU CBRN CoE) faoliyat yo‘nalishlaridan biri xisoblanadi. Loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan, Xalqaro ilmiy-texnika markazi (XITM) tomonidan tashkil etilgan.

2019-yilda ikkita mobil laboratoriya RIEMYPKIATM va Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutiga topshirilgan. Mobil laboratoriyalar statsionar laboratoriya imkoniyatlari mavjud bo‘lmagan chekka va qishloq hududlarida turli patogenlarga diagnostik namunalarni PZR tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Laboratoriyalar RIEMYPKIATM hamda Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga yuborilgan. Uskunalar yuqumli kasalliklarni aniqlash va ularga javob berish uchun joylashtirilishi mumkin. Treninglar va dala mashg‘ulotlari doirasida O‘zbekistonlik mutaxassislarning ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi, tezkor guruhlar va mobil laboratoriyalarning imkoniyatlari namoyish etildi.

Yevropa Ittifoqi loyihasi doirasida RIEMYPKIATM bazasida bir qator treninglar va Buxoro va Toshkent viloyatlarida ikkita dala mashg‘ulotlari, shuningdek, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida COVID-19 pandemiyasidan olingan saboqlarni sarhisob qilish bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun O‘zbekistonlik mutaxassislarning Gruziyaga xorijga xizmat safari (03.10.2022 - 08.10.2022) tashkil etildi.